TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Shu kunlarda Moskvadagi "Sovremennik" teatri sahnasida qozog‘istonlik teatri gastroli yakunlandi, endilikda truppa 40-yil deganda birinchi marta O‘zbekistonga yo‘l olmoqda.
"Bu safarimiz ikki tomonlama qiziq bo‘ladi, - dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda teatr matbuot-kotibi Yelena Volkova. – Biz O‘zbekistonda bo‘lmaganimizga ancha bo‘lgan va shu bois safarimiz o‘zgacha istakka limmo-lim".
Sovremennik gastrollarini Alisher Usmonovga qarashli "San’at, ilm, sport" jamg‘armasi, "Katta gastrollar" Rossiya federal dasturi va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi qo‘llab-quvvatlamoqda.
"Tri sestri" va "Neformat" spektakllari Alisher Navoiy teatri hamda O‘zbekiston yoshlar teatri sahnalarida 19-noyabrdan 24-noyabrgacha namoyish etiladi.