Teatr nufuzini qanday oshirsa bo‘ladi? - Mirziyoyev fikri

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Qo‘qon shahar teatri ijodkorlari bilan muloqotda teatrning xalq orasidagi obro‘yi va nufuzini yanada oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Qo‘qon teatrini borib ko‘rdi va xalq orasida bu maskanning obro‘yi va nufuzini oshirish uchun nima qilish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Ferganskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Farg‘ona asalarichilik o‘quv-markazida bo‘ldi
"Teatrni haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish uchun avvalo yaxshi asarlar kerak. Buning uchun bu yerda taniqli san’at namoyondalari, dramaturglar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ijodiy muhit yaratish zarur", — dedi O‘zbekiston rahbari

Qayd etilishicha, suhbat davomida ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun alohida ko‘p qavatli uy-joy bunyod etish, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Aktor va rejissorlarning malakasini oshirish, yosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

 

Yangiliklar lentasi
0