TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Nobel mukofoti laureati Dan Shextman respublikaning IT-parkiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Isroil davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapira, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Azimjon Nazarov, IT-park bosh direktori Farhod Ibragimov, shuningdek IT-park startap jamoalari vakillari ishtirok etdi.
IT-park vakillari ko‘plab xorijiy tadbirkorlari O‘zbekistonning startap-bozoriga bildirayotgan qiziqishlari, jalb qilingan investitsiyalar, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida tashrif buyurgan mehmonlarga gapirib berishdi. Shuningdek, IT-park startap-jamoalari professor Dan Shextmanga o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar.
Professor Dan Shextman o‘z chiqishi davomida o‘zbekistonlik yosh olimlarga ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yo‘llari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.
So‘zining yakunida Nobel sovrindori IT-park vakillarini IT-tashkilotlar o‘rtasidagi netvorkingni kengaytirish uchun milliy IT-musobaqalarida keng miqiyosda ishtirok etishlariga undab qoldi.