Nobel mukofoti sovrindori O‘zbekistonga tashrif buyurdi

© Innovatsiya vazirligiNobel mukofoti laureati Shextman O‘zbekistonda
Nobel mukofoti laureati Shextman O‘zbekistonda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli olim Texnion–Isroil texnologiya instituti Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori Dan Shextman shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib, ko‘plab yosh o‘zbek olimlari bilan uchrashishi kutilmoqda.

TOShKENT, 5 noyab - Sputnik. Nobel mukofoti laureati Dan Shextman Innovatsion rivojlanish vazirligining taklifiga ko‘ra, bir haftalik ilmiy-o‘quv dasturi doirasida shu kunlarda O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Texnion–Isroil texnologiya instituti Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Dan Shextman joriy yil 4-9 noyabr kunlari Toshkent va Samarqand universitetlarida ma’ruzalar o‘qishi, Ilg‘or texnologiyalar markazi, O‘zbekistondagi iqtidorli bolalar uchun birinchi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishishi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilar uchun ochiq dars o‘tkazishi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-texnopark), Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutining katta quyosh pechi noyob ilmiy obyekti bilan tanishishi (Toshkent viloyati, Parkent tumani) hamda yetakchi va yosh olimlari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

© Innovatsiya vazirligiTexnion–Isroil texnologiya instituti delegatsiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligida
Nobel mukofoti sovrindori O‘zbekistonga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Texnion–Isroil texnologiya instituti delegatsiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligida

Ma’lumot uchun, Dan Shextman kvazikristallarni kashf etgani bois 2011-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrini bilan mukofotlangan. U nafaqat kimyo, balki fizika sohasidagi yutuqlari uchun ham boshqa nufuzli ilmiy mukofotlarga ega. 

1996 yilda professor Shextman Isroil Fanlar akademiyasining a’zosi, 2000-yilda AQSh milliy texnik akademiyasining a’zosi, 2004-yilda Yevropa fanlar akademiyasi a’zosi etib saylangan. Hozirgi kunda professorning kashfiyoti sanoatning turli tarmoqlarida qo‘llanilmoqda, jumladan, metallurgiya, muqobil energetika, optika, elektronika, tibbiyot hamda kosmos sohalarida.

Yangiliklar lentasi
0