Sobiq qirol Moskva go‘zaliga farzandi uchun juda katta pul taklif qildi

© Instagram / rihanapetra"Miss Moskva 2015" Oksana Voyevodina i eks-korol Malayzii Muxammad V Faris
Miss Moskva 2015 Oksana Voyevodina i eks-korol Malayzii Muxammad V Faris - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Malayziya sobiq qiroli Muhammad V Oksana Voyevodinaga farzandi Leon uchun ishonch jamg‘armasini ochishni taklif qildi.

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Malayziya sobiq qiroli Muhammad V o‘zining sobiq rafiqasi, “Miss Moskva” unvoni sohibasi Oksana Voyevodinaga farzandi Leon uchun ishonch jamg‘armasini ochishni taklif qildi, deb xabar qildi RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan.

Hisobdagi mablag‘ 250 ming dollarni tashkil etadi. Biroq buning evaziga sobiq qirol u va farzand bilan hech qanday aloqa qilmasligini hamda uni diniy ta’limga asoslangan islom urf-odatlari bo‘yicha tarbiyalanishini talab qildi.

Kelishuvning yana bir sharti - bu Voyevodina farzandi va sobiq turmush o‘rtog‘i foto-suratlarini joylashtirgan ijtimoiy tarmoqdagi barcha akkauntlarini yopish kerak. Uning instagram sahifasida 570 mingga yaqin obunachilari bor.

Bivshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina - Sputnik O‘zbekiston
Moskva go‘zali Malayziya sobiq qiroli bilan ajralishi haqida so‘zlab berdi

Jamg‘armadan tashqari Sulton Voyevodinaga 10 oy davomida 100 ming dollar ajratishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Biroq Oksana bu taklifga rozi emas va sud orqali farzandning qirol oyilasi a’zosi ekanligi va taxtga huquqi borligini isbotlamoqchi.

Muhammad V esa Voyevodinaning farzandi otasi har qanday osiyolik ko‘rinishga ega bo‘lgan erkak bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Bundan avval Oksana intervyulardan birida uning nikohi homiladorlikning to‘rtinchi oyida buzilganligini aytgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda internetdan bilib olgan, u bilan shaxsan hech kim bog‘lanmagan. Voyevodina hech qanday rasmiy hujjat olmaganligini ta’kidlamoqda.

2018 yil noyabrda rossiyalik model va Muhammad V to‘yi bo‘lgan edi. Aprel oyida ayol islom dinini qabul qilib, Rixana ismini olgandi. Bir yarim oydan keyin to‘satdan qirol taxtdan voz kechdi.

21 may kuni oilada o‘g‘il farzand tug‘ildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0