Respublikaning yirik neft bazalarining birida katta hajmda o‘g‘rilik holati aniqlandi

© MinenergoKarshi neft baza
Karshi neft baza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida neftda tonnalab kamomad, millionlab ortiqchalik va resurslarning asossiz hisobdan chiqarilganligi holatlari aniqlandi.

TOShKENT, 7 noyab - Sputnik. “O‘zneftgazinspeksiya” mutaxassislari mutasaddi korxonalarning faoliyatini tahlil qilishda davom etmoqda. Bu galgi tekshiruv ishlari “Qarshi neft bazasi” jamiyatida bo‘lib o‘tdi, xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jamiyat va unga qarashli filiallarning neft mahsulotlari sig‘imlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldig‘i bilan hisobxona qoldig‘i taqqoslanganda hamda sifat tahlili uchun namunalar olinganda jami 11 mlrd 535 mln. so‘mlik manbaalar aniqlandi.

Ladon zapachkannaya neftyu - Sputnik O‘zbekiston
“Andijonneft” davlat budjetini 12 mlrd so‘mga talon-taroj qildi

Jumladan, 220,3 mln. so‘mlik 38,4 tonna kamomad, 50,9 mln. so‘mlik 5,7 tonna ortiqchalik hamda 160,1 mln. so‘mlik 26,4 tonna asossiz hisobdan chiqarish, 514,6 mln so‘mlik 97703 litr mahsulot sifati buzilganligi hamda 7 mlrd 512 mln so‘mlik 3850 tonna neft mahsulotlarni “O‘zbekneftgaz” AJ ruxsatisiz AYoQShlarga imtiyozli narxlarda tarqatish holatlari aniqlandi.

Bundan tashqari, jamiyatga qarashli sig‘imlarda saqlanayotgan sig‘imlardan neftmahsulotlarning sifatini aniqlash uchun na’munalar olinib O‘zneftegazinspeksiyaning Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasiga topshirildi.

Sifat tahlili natijasida jami 514,6 mln so‘mlik 97703 litr neft mahsulotlari sifati buzilganligi aniqlandi.

Nazorat va tahlil natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan xujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Mahsulot narxi joriy yil 7-11 oktabr kunlari tovar-xomashyo birjasining o‘rta statistik ko‘rsatkichlari asosida ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0