"Ikki soatlik yolg‘on" - Yuriy Dud filmi haqida o‘zbek jurnalistining fikri

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPremiya "Chelovek goda" po versii jurnala GQ
Premiya Chelovek goda po versii jurnala GQ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim blogerlar erinmay o‘zbek tiliga tarjima qilgan Yuriy Dudning "Qo‘rquvlarimiz vatani" filmi "ikki soatlik yolg‘on" bo‘lib chiqdi.

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘n daqiqalik yolg‘onni fosh etish uchun 10 kunlik mehnat kilishiga to‘g‘ri keladi, 2 soatlik yolg‘onni fosh etishga qancha mehnat ketishini tasavvur qilib ko‘ring, deb yozadi Sof.uz kolumnisti Mirziyod Mirusmonov.

Bloger Vladislav Sinitsa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada IIV xodimlari farzandlarini o‘g‘irlab, ularni jazolashga chaqirgan bloger qamaldi

Maqolada kolumnist rus blogeri Yuriy Dudning ushbu “hujjatli” filmini erinmay tarjima qilgan o‘zbek blogerlariniyam uni tomosha qilib “sovet davri naqadar dahshatli bo‘lgan ekan” degan fikrga kelgan yoshlarni ham "tabriklab", ularning quloqlariga yaxshilab “lag‘mon osishganini” yotig‘i va isboti bilan tushuntirib bergan.

Faqat birgina fakt, Dud filmida 1930 – 1956-yillarda 20 million kishi lagerlar orqali o‘tgani xabar qilingan, vaholanki 100 marotaba tekshirib tasdiqlangan tarixiy hujjatlar bo‘yicha butun sovet davrida 1918 – 1987-yillarda jami 7 million kishi qamoqqa olingan.

Buni hatto "sovet hukumati jinoyatlari"ni o‘rganuvchi asosiy uyushmalardan biri "Memorial"ning sobiq boshlig‘i Arseniy Roginskiy ham tan olgan, deb yozadi kolumnist.

Xullas filmda bo‘rttirib ko‘rsatilgan, lekin aslida bo‘lmagan faktlarga to‘la tahlil bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0