ID jangarilari MDH davlatlarida tarqalishga tayyorgarlik ko‘rmoqda – Bortnikov

© AFP 2023 / AMER ALMOHIBANY / AFPSiluet voorujonnogo boyevika
Siluet voorujonnogo boyevika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH maxsus xizmatlari Afg‘onistonda “Islom davlati”* guruhlari faolligi oshganligini qayd etishdi, ular MDHga tarqalishga harakat qilmoqda.

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. MDH maxsus xizmatlari Afg‘onistonda “Islom davlati”* guruhlari faolligi oshganligini qayd etishdi, ular MDHga tarqalishni rejalashtirishgan. Bu haqda payshanba kuni Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov ma’lum qildi.

Kadri s mesta napadeniya na pogranzastavu na tadjiksko-uzbekskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Chegara postiga hujum qilganlarning barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lgan - IIV

“Biz Afg‘onistonda ID bo‘linmalari o‘sib borayotgan faoligini qayd etamiz, ular “Viloyat Xuroson” deb nomlangan uyushmaga birlashgan. Ular “Jamoat Ansurallox” va “Sharqiy Turkiston islom harakati” bilan yaqin hamkorlikda harakat qilishmoqda. Ularning maqsadi – MDH hududiga tarqalish (eskpansiya) uchun tayanch nuqtasini yaratish”, - deb ta’kidladi Bortnikov MDH maxsus xizmat rahbarlari kengashi yig‘ilishida.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu ekspansiya Markaziy Osiyo davlat respublikalari fuqarolaridan bo‘lgan jangarilar hisobiga amalga oshiriladi degan taxmin mavjud.

Bortnikovning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar Suriya va Iroq hududida mag‘lubiyatga uchraganliklarini anglab yetmoqda va shu sababli Yaqin Sharqdan tashqariga qolgan kuchlarini olib chiqmoqdalar. Ular Osiyo, Afrika yangi notinch zonalarni yaratib, Yevropada “uxlagan” yacheykalar tarmog‘ini shakllantirmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0