Chegara postiga hujum qilganlarning barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lgan - IIV

© MVD TadjikistanaKadri s mesta napadeniya na pogranzastavu na tadjiksko-uzbekskoy granitse
Kadri s mesta napadeniya na pogranzastavu na tadjiksko-uzbekskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Ishqobod” nazoratdan o‘tish punktiga hujum qilganlar orasida ayollar ham bo‘lgan, yaqin vaqtlarda guruhning barcha a’zolari ismi e’lon qilinadi.

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Tojik-o‘zbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara postiga hujum qilgan jangarilar barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lgan, deb ma’lum qildi Tojikiston IIV matbuot kotibi Umarjon Emomali. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Pogibshiy pogranichnik Izatulloi Abubakr - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-tojik chegarasida halok bo‘lganlar ismlari aytildi

“Hozirgi vaqtda Bosh prokuratura ushbu ish bo‘yicha tergov o‘tkazmoqda. Shu kun yakuniga qadar guruhning barcha a’zolarining shaxsi to‘liq aniqlanadi. O‘ldirilgan va qo‘lga olingan orasida bir nechta ayollar ham bo‘lgan”, - deb qo‘shimcha qildi IIV vakili.

Tojikiston kuch ishlatar idoralari 50 %ga jangovar shaylikka o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr kechasi 20 ga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbedan 60km masofada, o‘zbek-tojik chegarasida joylashgan "Ishqobod" postiga hujum qilib, u yerdan 5 ta avtomat o‘qotar qurolni egallab olishgan edi.

O‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning 15 nafari yo‘q qilinib, 5 tasi qo‘lga olingan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan "ID" jangarilari ular teraktni rejalashtirishganini tan olganlar. Ayni vaqtda hodisa yuz bergan joyda tezkor-tergov guruhi tuzilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0