TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Tojik-o‘zbek chegarasida yuz bergan hodisa vaqtida halok bo‘lgan kuch tuzilmalari vakillari ismlari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston o‘z manbasiga tayanib.
O‘ldirilganlardan biri - chegara qo‘shinlari xizmatchisi Izzatullo Abubakr, Dushanbedagi Zarafshon tumanidagi xalq orasida Mullo Abubakr sifatida tanilgan taniqli diniy arbob - Abubakr Latipovning o‘g‘li.
U 26 yoshda edi. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Izzatullo yaqinda uylangan.
Hujum vaqtida halok bo‘lgan ikkinchi shaxs - militsiya xodimi Bahrom Shahzoda ekanligi ma’lum bo‘ldi. U Rudaki tumani Esanboy qishlog‘ida tuman uchastka militsioneri lavozimini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin 20ga yaqin qurollangan shaxslar O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi "Ishkobod" chegara qismiga hujum uyushtirdi, ularning 15 nafari yo‘q qilindi.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan "ID" jangarilari ular teraktni rejalashtirishganini tan olganlar. Ayni vaqtda hodisa yuz bergan joyda tezkor-tergov guruhi tuzilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.
* "Islom davlati" (IShID, ID) — RFda ta’qiqlangan terroristik tashkilot.