Bojxonadan o‘tdi-yu, aeroport hududidan chiqib ketolmadi: kontrabandani oldi olindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kontrabandist davlat bojxonasidan yashirincha o‘tkazib bo‘lingan mahsulotlarni aeroport turargohida avtouloviga yuklayotgan paytida qo‘lga olindi.

TOShKENT, 7 noyab - Sputnik. Shu kecha-kunduzda "Toshkent" xalqaro aeroportida mobil moslamalarning deyarli amalga oshirilgan kontrabandasi bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tamojenniki presekli nezakonniy vivoz unikalnix kulturnix sennostey stoimostyu bolee 2,2 mlrd.sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan o‘ta noyob madaniy boyliklarni olib chiqmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Xabarga ko‘ra, xorijdan o‘zi bilan kontrabanda yukni olib kelgan fuqaro aslida oldindan kuzatuvda bo‘lgan. Avtoturargohda turgan "Spark" avtoulovi yonida noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan telefonlarni yig‘ib olayotgan vaqtida, tezkor guruh xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tekshiruv davomida shaxs avtomashinasida umumiy qiymati 140,5 million so‘mlik 11 dona "Irhone-11", 17 dona atir va elektron qo‘l soatlari mavjudligi aniqlangan.

Chegaradan ayrim tovarlarni olib kirish qoidalari o‘zgaradi

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0