TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining (ShHT MATT) yettinchi ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.
“Bizning uchrashuvimiz xalqaro xavfsizlik tizimi jiddiy sinovlarga duchor bo‘layotgan vaqtda bo‘lib o‘tmoqda. ShHT hududlarida vaziyatning beqarorligi xatarlari saqlanib qolmoqda: terrorchilik tashkilotlari, jumladan, “ID”*, - dedi ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori Jumaxon G‘iyosov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi vaziyat jangarilarning qolgan qismini o‘zlarining xorijiy nuqtalarini faollashtirishga, boshqa davlatlarga chiqib ketib, u yerda yashirinishga majburlagan.
Afg‘on-tojik chegarasida 8 mingga yaqin jangari to‘plandi - ekspert
Shu bilan birga ularning rahbarlari boshqaruv tizimini butun dunyo bo‘ylab hujum uyushtirishga yetarli darajada saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, terrorchilar o‘zlarining har qanday sharoitlarga moslasha olishlarini namoyish etishmoqda, jumladan, kiberjinoyat va xakerlar hujumi faolligi kuchaygan.
Shunday qilib, “ID”* global tashkilotga aylanmoqda.
“Jangarilarning faolligi qo‘shni davlatlarga ko‘chgan, birinchi navbatda Afg‘onistonga. Buning barchasi ShHT chegaralarida yangi terrorchilik bazalari yaratilishiga yordam beradi”, - deya qo‘shimcha qildi G‘iyosov.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida G‘iyosov Afg‘oniston hududida “IG”* va boshqa taqiqlangan xalqaro terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning faollashgani sabab tashkilotga a’zo mamlakatlar chegarasidagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, “ID”*jangarilari tomonidan terrorchilik hujumlari uyushtirilishi xavfi saqlanib qolmoqda.
Mirziyoyev, Rahmon va Jeenbekov Markaziy Osiyoda terrorizm tarqalmoqda deb aytishdi
Yaqin uch yilda ShHT MATT boshqa xalqaro terrorizmga qarshi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazish amaliyotini qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
* “Islom davlati” (IShID, ID) – Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.