TOShKENT, 5 noyab - Sputnik. “O‘zneftegazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan respublikada joylashgan 60 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) nazorat tadbirlari o‘tkazildi, xabar qiladi nazorat organi axborot xizmati.
Tadbirlar natijasida bir qator qo‘pol qoida buzish holatlari aniqlandi. Jumladan, 220 kg/sm2 bosim ostida avtomiballarni gaz bilan to‘ldirilishi, nazorat posti bilan ta’minlanmaganligi, gaz ballonlarga tegishli hujjatlarni ko‘zdan kechirmasligi va insonga xavf keltiradigan bir qator boshqa qoidabuzarliklar to‘g‘risida xabar qilinmoqda.
Bu kabi qoidabuzarliklar aniqlanganligi sabali, nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 60 ta AGTKShlardan 13 tasining ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.