Ayrim tumanlarni eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasi qo‘yildi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishFrukti i ovoshi na sentralnom kolxoznom rinke v Krasnodare
Frukti i ovoshi na sentralnom kolxoznom rinke v Krasnodare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo tajribasi asosida 55 ta tumanni eksportbop muayan mahsulotlar turini yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasini qo‘ydi.

TOShKENT, 5 noyab - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda xorijiy mutaxassislar ko‘magida tashkil etilgan Surxondaryo tajribasi asosida 55 ta tumanni eksportbop muayan mahsulotlar turini yetishtirishga ixtisoslashtirish vazifasi qo‘yilgan.

Mejdunrodnaya yarmarka ovoshey i fruktov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Prezident meva-sabzavot eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi

Bundan tashqari, har bir viloyat va tuman hokimi klasterlar bilan meva-sabzavotni to‘g‘ri joylashtirishga, agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishiga, yetishtirilgan mahsulotni eksportor yoki qayta ishlovchiga to‘liq yetkazilishiga shaxsan javobgarligi belgilandi.

Shuningdek, Moliya vazirligiga yangi tizim asosida eksportbop mahsulotlar yetishtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha moliyalashtirish yuzasidan taklif kiritish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident meva-sabzavot eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0