O‘zbekistonning 70 yoshli marafonchi ayoli: yugurishsiz hayot yo‘q

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaLyudmila Muzafarova, pervaya v istorii marafonskaya begunya Uzbekistana
Lyudmila Muzafarova, pervaya v istorii marafonskaya begunya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yugurishni 5 kilometrdan boshlagan sportchi, vaqt o‘tib, 10 va 21 kmlik masofalarni ham "zabt etadi". 1983-yil Shahrisabzda esa 42 kilometrga yugurgach, O‘zbekiston tarixida birinchi marafonchi ayol nomiga sazovor bo‘lgan

TOShKENT, 4 noya - Sputnik. Yugurish - bu tana salomatligi. Yugurish - bu yashash, dedi Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro yarim marafon tadbiri davomida Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistonning birinchi marafonchi ayoli Lyudmila Muzafarova.

Samarkandskiy polumarafon-2019 - Sputnik O‘zbekiston
"Sog‘lom bo‘lay desang - yugur!": Samarqand xalqaro yarim marafonining yorqin lahzalari

Yetmish yoshni qarshi olgan Lyudmila Muzafarova yettinchi sinfdan boshlab yengil atletika bilan shug‘ullangan. "Tezlikka qiziqishim kuchli edi", deydi u.

Yugurishni 5 kilometrdan boshlagan sportchi, vaqt o‘tib, 10 va 21 kmlik masofalarni ham "zabt etadi". 1983-yil Shahrisabzda esa 42 kilometrga yugurgach, O‘zbekiston tarixida birinchi marafonchi ayol nomiga sazovor bo‘lgan.

Muzafarovaning aytishicha, yaqinda, sentabr oyi oxirida Moskvada o‘tkazilgan marafon musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallagan va oradan bir hafta o‘tib, Moskva viloyati Korolov shahrida yarim marafon musobaqasida qatnashib, birinchilikni qo‘lga kiritgan.

Aytishicha, organizmi to‘liq o‘zini tiklab olishga ulgurmagani tufayli, Samarqanddagi xalqaro xayriya yarim marafonida 10 kmlik masofaga yugurishga qaror qilgan.

O‘zbekistonning yetmish yoshli faxriy sportchisi barcha yoshlarga sportga muhabbatli bo‘lish, mehnatsevar va tirishqoq bo‘lishlikni tiladi. "Sport bu sog‘lik, sport - bu hayot, sport - bu harakat. Yuguring, hammadan birinchi bo‘ling", deya xayrlashdi u.

Yangiliklar lentasi
0