RF Davlat dumasi raisi Narbayeva bilan migrantlar masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Stas EtveshPassajiri poyezda Moskva-Dushanbe
Passajiri poyezda Moskva-Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mehnat migratsiyasi hajmida Rossiyada birinchi o‘rinda turadi. Bugungi kunda RFda 2 million ikki yuz ming nafar o‘zbekistonliklar mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda, dedi Vacheslav Volodin

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin O‘zbekiston Oliy majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan o‘zbekistonlik migrantlar masalasini muhokama qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Skladirovanie i kontrol kachestva produksii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining soni ma’lum qilindi

Moskva va Toshkent munosabatlari jadalligini darajasini bir necha faktlar aniq ko‘rsatib turibdi: Rossiya O‘zbekistonga kiritayotgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi, savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha - Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda. Ammo Moskva Pekindan atigi ikki foizga ortda qolmoqda. RF Davlat dumasi raisining ta’kidlashicha, mamlakatlarni iqtisodiyotdan ko‘ra, birinchi navbatda odamlar birlashtirib, yaqinlashtirib turadi.

O‘zbekiston mehnat migratsiyasi bo‘yicha Rossiyada birinchi pozitsiyani egallaydi, bu yerda ikki million ikki yuz ming O‘zbekiston fuqarolari o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirib kelishmoqda, deya eslatib o‘tdi Volodin.

"Migrantlardan ular Rossiya iqtisodiyotini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shayotganlari uchun minnatdorlik bildirishimiz darkor. Shu bilan birga ular O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyotiga ham hissa qo‘shmoqdalar. Mana shu va boshqa sohalarda munosabatlarimiz qonuniy rivojlanishi haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak", - dedi RF Davlat dumasi raisi.

Inostrannie rabochie u xostela - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada iqtisodiyotning qator tarmoqlarida migrantlar ulushi qisqaradi

Narbayeva bunga javoban mehnat migratsiyasi masalasi O‘zbekistonning ustuvor masalalaridan biri ekanligini ta’kidladi.

"...fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasi yoki boshqa davlatlarda migrant sifatida ish faoliyatini olib borishlariga qarshi emasmiz. Lekin ular mehnat qonunchiligiga amal qilishlari shart, ular ijtimoiy muhofazaga olingan bo‘lishlari kerak. Rossiya tomoni mehnat migratsiyasi bo‘yicha Hukumatlar o‘rtasida bo‘lgan kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyorligini eshitganimizdan mamnunmiz", - dedi Narbayeva va bu yo‘nalishda ikki davlat parlamentlari o‘z rejalarini taqdim etish borasida o‘ylab ko‘rishlari kerakligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Rossiya va O‘zbekiston parlamenti vakillari ikki davlat oldida turgan umumiy chaqiriqlarga birgalikda qarshi turish maqsadida qonunchilikni moslashtirishga kelishib olishgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0