Taksi, litsenziya va soliq: yo‘lovchilarni tashish sohasida kutilayotgan yangiliklar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil Yandex Taxi
Avtomobil Yandex Taxi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda yo‘nalishsiz taksi uchun belgilangan rang bekor qilinishi, ijara shartnomalarini notarial tasdiqlanishi o‘rniga davlat soliq qo‘mitasidan ro‘yxatdan o‘tishi nazarda tutilmoqda.

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Toshkentda yo‘nalishsiz taksi uchun belgilangan rang bekor qilinishi, ijara shartnomalarini notarial tasdiqlanishi o‘rniga davlat soliq qo‘mitasidan ro‘yxatdan o‘tishi nazarda tutilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq fuqaro transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi

Bugun yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kutilayotgan yangiliklarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2019-yil 1-iyul holatiga 6837 ta litsenziyalangan transport vositasi qayd etilgan bo‘lsa, 3 oy ichida bu ko‘rsatkich 8 363 taga yetdi, o‘sish 122 %ni tashkil etdi yoki 1526 taga ortdi.

Hozirda Toshkentda yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan 8788 ta transport vositalari tegishli ruxsatnomalar asosida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda. Lekin bu ko‘rsatkich shaharda yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi tashuvchilarni to‘liq qamrab olmagan. Tashuvchilarning noqonuniy faoliyat ko‘rsatishning asosiy sabablardan biri – bu hanuzgacha litsenziya talablarining yuqoriligi.  

Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni to‘liq qonuniylashtirish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi davrida talabidan kelib chiqqan holda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini soddalashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Hujjat loyihasiga asosan yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun yo‘nalishsiz taksi uchun belgilangan rang bekor qilinishi, ijara shartnomalarini notarial tasdiqlanishi o‘rniga davlat soliq qo‘mitasidan ro‘yxatdan o‘tishi nazarda tutilmoqda.

Bu esa o‘z navbatida shu sohadagi yuridik shaxslarni davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi. Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida hozirgi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan taksi xizmatini buyurtma qilish interaktiv xizmatlarini qonuniylashtirish va interaktiv xizmatlar bo‘yicha tegishli nizom tasdiqlanishi ham ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0