O‘zbekistonda 8 mingdan ortiq fuqaro transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yil o‘tgan davr mobaynida 8 mingdan ortiq fuqaro transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi. 759 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy qamoq chorasi qo‘llanildi.

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “Yo‘l harakati havfsizligini ta’minlash tizimida amalga oshiriliyotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Namangandagi ayanchli YTH oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Unda IIV matbuot kotibi, polkovnik Shoxruh Giyasov o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

IIV vakili O‘zbekistonda 2019 yil o‘tgan davr mobaynida 8 mingdan ortiq fuqaro transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, o‘tgan davr mobaynida 4 mln 607 mingdan ortiq huquqbuzarlik sodir etilgan, ulardan 2 mln 055 mingdan ortiq jiddiy huquqbuzarliklar, huquq-tartibot organ xodimlari 25 mingdan ortiq mast haydovchini aniqladi. Shuningdek, transport vositasini boshqarish vaqtda uyali aloqa telefondan foydalanish huquqbuzarliklar soni 19 mingdan ortig‘ini tashkil etdi.

Shuningdek, 18 mingdan ortiq haydovchilarga ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnomalar tuzilib, sud organlariga yuborildi. Ulardan 8492 nafar haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi. 12 778 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, ulardan 8639 nafar haydovchi trasport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi, 759 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy qamoq chorasi qo‘llanildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida o‘tgan davr mobaynida YTHlar soni 16,5 foizga (6236 dan 5207 taga), halok bo‘lganlar soni esa 13,1 foizga (1607 dan 1396 ga) kamaydi. Bolalar ishtirokidagi YTHlar soni 10,7 foizga kamaydi.

Yangiliklar lentasi
0