O‘zbekistonda 2020-yilda ijtimoiy sohalarga ko‘proq mablag‘ ajratiladi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan navbatdagi yig‘ilishda 2020-yil budjetining xarajatlar qismi chuqur tahlil qilindi.

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-budjet siyosati, davlat budjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda 2020-yil budjetining xarajatlar qismi ham chuqur tahlil qilindi. 

Xabarda yozilishicha, kelgusi yili ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag‘lar hajmi ortishi ko‘zda tutilgan.

“Masalan, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltiriladigan xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 18 foizga, ta’lim sohasiga – 10 foizga va ilm-fan rivojiga – 47 foizga ko‘payadi”, - deyiladi xabarda.

Qolaversa, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, infratuzilmalarni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda 100 ga yaqin maqsadli dasturlar rejalashtirilgan.

Baxrom Ashrafxanov - Sputnik O‘zbekiston
Budjet defitsiti imtiyozli kreditlar va obligatsiyalar yordamida qoplanadi

Aholini dori vositalari bilan ta’minlash uchun 1,3 barobar, bolalar sporti dasturi uchun 3 barobar, geologiya-qidiruv ishlari dasturiga 4 barobar ko‘p mablag‘ ajratish mo‘ljallangan.

Shuningdek, paxtachilik va bog‘dorchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish xarajatlariga ham alohida o‘rin berilgan. 

Xabarda “2020 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etish kerakligi qayd etilgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0