TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Oʻzbekiston moliya vaziri oʻrinbosari Bahrom Ashrafxonov Davlat byudjetning yarim yillik natijalarini eʼlon qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
- Davlat byudjeti defitsiti Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qisqa muddatli obligatsiyalar chiqarish oraqali qoplanadi, dedi Ashrafxonov.
Vazir oʻrinbosari aytishiga qaraganda 2019 yilning 1 yarmida byudjet daromadi 50,7 trln. soʻmnitashkil qildi. Bu rejalashtirilgan daromaddan 4,1 trln. soʻmga ortiq.
Byudjet xarajatlari esa – 55,3 trln. soʻmni tashkil qildi. Xarajatlar asosan maoshlar, davlat xarajatlari hamda mudofaa xarajatlari oshishi hisobidan oshgan.
Shuningdek, Oʻzbekistonda ilk bor mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha daromadlari ularning oʻz ixtiyorida qoldirildi. Xususan Toshkent shahrida 371 milliard soʻm, Andijon, Samarqand, Buxoro va Qoraqalpogʻiston viloyatlarida 250-300 milliard soʻmdan. Respublika boʻyicha mahalliy byudjetlarning jami qoʻshimcha daromadi 2,8 trillion soʻmni tashkil qildi.
Kapital qurilish va maktablarni taʼmirlash uchun moʻljallangan byudjet mablagʻlari, oldingidek yil oxirida emas yil boshida toʻlab beriladi. Oʻshanda obʼyektlarning aksariyati 1 sentyabrga qadar qurib yoki taʼmirlab bitkaziladi.
Rasxodnaya chast byudjeta vыrosla za schet rosta zarabotnoy platы, realizatsii gosudarstvennыx programm, a takje rasxodov na oboronu.