Dunyoda

Yaqin kunlarda ISHIDning yangi yetakchisi nomi eʼlon qilinadi – AQSH razvedkasi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH Milliy razvedkasi markazi rahbari Rassel Treversning taxminiga koʻra, yaqin kunlarda hamma ISHIDning yangi yetakchisi ismini bilib oladi.

TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. AQSH razvedkasi ISHID terrorchilik guruhining yangi rahbari (Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot) yaqin kunlar yoki haftada eʼlon qilinishini taxmin qilmoqda. Bu haqda AQSH Milliy razvedka terrorizmga qarshi terrorizmga qarshi markazi rahbari vazifasini bajaruvchisi Rassell Trevers maʼlum qildi.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya va Tojikiston xavfsizlik kengashi kotiblari Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi

“Oʻylaymanki ... yaqin kunlarda yoki haftada yangi rahbar eʼlon qilinadi”, - dedi u.

Trevers fikriga koʻra, Al-Bagʻdodiy oʻldirilishi munosabati bilan yaqin vaqtlarda “Gʻarb manfaatlariga qarshi hujumlar chaqiriqlari paydo boʻladi. AQSH vaziyat qanday rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda”.

Eslatib oʻtamiz, Al-Bagʻdodiyning oʻlimi haqida Donald Tramp 27 oktyabr kuni xabar qilgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu terrorchi yoʻq qilingani haqidagi xabarlarni tasdiqlash uchun ishonchli dalillar yoʻqligini taʼkidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0