Rossiya va Tojikiston xavfsizlik kengashi kotiblari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

© REUTERS / Parwiz ParwizBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Tojikiston xavfsizlik kengashi kotiblari Nikolay Patrushev va Maxmadali Vatanzoda terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengash kotibi Nikolay Patrushev Dushanbeda tojikistonlik hamkasbi Maxmadali Vatanzoda bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qildi Rossiya XK apparati matbuot xizmati.

Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda jangarilar hukumat va tinch aholiga qarshi urush boshlagan - Patrushev

Muzokarada Patrushev va Vatanzoda Afg‘onistonda terrorchilar faollashuvidan xavotir bildirdi.

Bundan tashqari, tomonlar terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilik, narotik moddalarni noqonuniy aylanuvi, jangovar mojarolarda qatnashish uchun yoshlarni yollash holatlariga qarshi kurashishda hamkorlik qilish masalalarni muhokama qildi.

“Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashish chog‘ida tomonlar xalqaro terrorchi va ekstremistik guruhlarning ushbu mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida faollashayotganidan tashvish bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Patrushev va Vatanzoda harbiy, harbiy-texnikaviy va axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qildi.

Ta’kidlanishicha, maslahatlashuvlar ishtirokchilari BMT, ShHT, MDH va ODKB doirasidagi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan pozitsiyalarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Tojikistonga keldi. Tashrif doirasida u respublika prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Yangiliklar lentasi
0