Xitoy Hindistonga keskin norozilik bildirdi

© AP Photo / Andy WongNatsionalniy flag Kitaya
Natsionalniy flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy ikkita ittifoq hududi tashkil etilgani yuzasidan Hindistonga norozilik bildirdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qildi.

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Jammu, Kashmir va Ladakx hududlari paydo bo‘lgani uchun Xitoy Hindistonga qat’iy norozilik bildirdi. Bu haqda Xitoy TIV vakili Gen Shuan ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Zamestitel glavkoma VVS RF po voprosam obyedineniya sistemi PVO SNG, general-leytenant Aytech Magomedovich Bijev. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik harbiy O‘zbekistonga Xitoy raketasi nima uchun kerakligini tushuntirdi

“Hindiston hukumati Xitoyning hudud qismini Hindiston ma’muriy yurisdiksiyasiga kiritib, Jammu, Kashmir va Ladakx degan hududlar tashkil etilganini rasman e’lon qildi. Xitoy shu munosabat bilan qattiq norozlik va keskin protest bildiradi”, - dedi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston milliy qonunchilik va ma’muriy bo‘linishni bir tomonlama tartibda o‘zgartirdi, bu bilan Xitoy suvereniteti va qonuniy manfaatlariga chaqiriq tashladi, “bu noqonuniy, samarsiz va aslida Xitoy nazorati ostida bo‘lgan hududlar o‘zgartira olmaydi”.  

“Biz Hindistonni Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga, tegishli ikki tomonlama kelishuvlarga rioya qilishga, Xitoy va Hindistonning chegara hududlarida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha aniq choralarni ko‘rishga, ikki tomonlama chegara oldi muammolarini hal qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga chaqiramiz”, - dedi Xitoy TIV vakili.

Xitoy va Hindiston o‘rtasida uzoq vaqtdan beri Kashmir shimolidagi tog‘li hududga egalik qilish, shuningdek Arunachal-Pradesh shtatidagi qariyb 60 ming kvadrat kilometrlik maydon yuzasidan kelishmovchilik mavjud. Haqiqiy boshqaruv liniyasi Ladax viloyatida o‘tadi. 1962-yil kuzida bu tortishuv chegara urushiga aylandi. 1993 va 1996-yillarda Xitoy va Hindiston bahsli hududlarda tinchlik o‘rnatish to‘g‘risida bitimni imzoladi.

Yangiliklar lentasi
0