https://oz.sputniknews.uz/20191028/zbekistonga-Khitoy-raketasi-nima-uchun-kerakligi-borasida-rossiyalik-arbiy-shari-12696907.html
Rossiyalik harbiy O‘zbekistonga Xitoy raketasi nima uchun kerakligini tushuntirdi
Rossiyalik harbiy O‘zbekistonga Xitoy raketasi nima uchun kerakligini tushuntirdi
Sputnik O‘zbekiston
Zahiradagi general-leytenant, o‘tmishda Rossiya harbiy havo kuchlarining HHM birlashgan tizimi masalalari bo‘yicha bosh qo‘mondon o‘rinbosari Aytech Bijev o‘zbek... 28.10.2019, Sputnik O‘zbekiston
2019-10-28T18:27+0500
2019-10-28T18:27+0500
2019-10-29T11:08+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1083/19/10831943_0:76:3080:1818_1920x0_80_0_0_c708f52add48728a3b308f79786c703c.jpg
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2019
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1083/19/10831943_0:0:3080:1937_1920x0_80_0_0_7fd4ec07e367f2dcc1b59e96f2a72a6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Rossiyalik harbiy O‘zbekistonga Xitoy raketasi nima uchun kerakligini tushuntirdi
18:27 28.10.2019 (yangilandi: 11:08 29.10.2019) Zahiradagi general-leytenant, o‘tmishda Rossiya harbiy havo kuchlarining HHM birlashgan tizimi masalalari bo‘yicha bosh qo‘mondon o‘rinbosari Aytech Bijev o‘zbek harbiylari nega S-300 raketa majmualari muqobili bo‘lgan Xitoy raketasini sinovdan o‘tkazishganiga izoh berdi.
Navoiy viloyatidagi "Kulquduq" poligonida Xitoyda ishlab chiqarilgan FD-2000 tipidagi havo hujumiga qarshi raketa sinovdan o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekistonning havo hujumidan mudofaa tizimi jangovar tayyorgarligini oshirish doirasida bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi ilk bor Xitoy raketasini sinovdan o‘tkazadi
Rossiyalik ekspert fikricha, mazkur tizimlar qo‘llanilishining sababi ularning nisbatan arzonligi bilan izohlanadi. Ammo Rossiyada ishlab chiqarilgan analoglari ko‘pgina xususiyatlari bo‘yicha xitoynikidan ustundir.
"Mohiyatan olib qaraganda, XXRda Rossiya litsenziyasi asosida ishlab chiqariladigan ushbu raketalar - ilk S-300 majmuasi ayni o‘zidir. Ya’ni bizdan sotib olingan raketalar asosida xitoyliklar bu majmualarni ishlab chiqib, ularga xitoycha nom qo‘yib sotmoqda. Albatta, bu "xitoycha S-300"larning xususiyati asli bilan solishtirganda ancha oddiy, lekin narxi ham mos ravishda besh marotaba past. Aynan shu omil tanlov paytida birlamchi rol o‘ynagan”, - deb qayd etdi Bijev.
Ekspert XXR qurol-yarog‘lar eksportida faol qatnashib, mijozlarni arzon uskunalar bilan jalb qilmoqda. Ammo bu qurollarning jangovar imkoniyati Rossiyada ishlab chiqarilayotgan zamonaviy majmualarnikiga qaraganda ancha pastdir.