Afg‘onistonda jangarilar hukumat va tinch aholiga qarshi urush boshlagan - Patrushev

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoe foto
Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Afg‘onistonda jangarilar hukumat va tinch aholiga qarshi haqiqiy terrorchilik urushini boshlashgan”, - dedi Nikolay Patrushev.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev Afg‘onistonda jangarilar hukumat va tinch aholiga qarshi haqiqiy terrorchilik urushini boshlaganligini ma’lum qildi.

Sotrudnik sil bezopasnosti Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” harakati Afg‘oniston shimolidagi tumanlardan birini bosib oldi

“Haqiqatdan ham afg‘on hududida jangarilar davlat organlari va mamlakatning tinch aholisiga qarshi huquqiy terrorchilik urushini boshlashdi”, - dedi u Tehronda Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ko‘p tomonlama maslahatlashuv yig‘ilishida.

Bu tadbirda Rossiya, Afg‘oniston, Hindiston, Eron va Xitoy delegatsiyalari qatnashmoqda.

“Qonli teraktlar soni bo‘yicha bu yil rekordli bo‘ldi, bularning oqibatida minglab oddiy afg‘onistonliklar halok bo‘ldi”, - deb qo‘shimcha qildi Patrushev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu baholar 18-sentabrda BMTning Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida ham o‘z tasdig‘ini topdi.

“Xususan, Afg‘oniston shimolida IShID jangarilarining soni ko‘payishi davom etishi Markaziy Osiyo respublikalarining xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solayotganiga e’tibor qaratilgan”, - dedi Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi.

Yangiliklar lentasi
0