“Moskva-Ko‘lob” reysi Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Uralskie avialinii"
Samolet aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Uralskie avialinii” aviakompaniyasining Moskvadan Tojikistonning Ko‘lob shahriga parvoz qilgan A-321 samolyoti Toshkentga majburan qo‘ndi.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. “Uralskie avialinii” aviakompaniyasining Moskvadan Tojikistonning Ko‘lob shahriga parvoz qilgan A-321 samolyoti Toshkentga majburan qo‘ndi. Bu haqda RIA Novostiga Toshkent aeroporti vakili ma’lum qilgan.

Samolet Boeing 777 zaxodit na posadku - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Pxuketga uchayotgan samolyot belaruslik janjalkashni deb Toshkentga majburan qo‘ndi

Ma’lum qilinishicha, samolyot Tojikiston aeroportidagi quyuq va kuchli tuman tufayli qo‘nishga majbur bo‘lgan.

“Moskvadan Ko‘lobga parvozni amalga oshirayotgan “Uralskie avialinii” borti Toshkentga majburan qo‘ndi. Sabab – samolyot yetib borishi kerak bo‘lgan aeroportdagi tuman”, - degan aeroport vakili.

Xabarda hozirda samolyot zaxira yo‘lakka olib o‘tilgani, parvoz qilishni kutayotgani hamda yo‘lovchilar havo kemasi bortida ekanligi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0