Moskvadan Pxuketga uchayotgan samolyot belaruslik janjalkashni deb Toshkentga majburan qo‘ndi

© AFP 2023 / ROSLAN RAHMANSamolet Boeing 777 zaxodit na posadku
Samolet Boeing 777 zaxodit na posadku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus fuqarosi spirtli ichimlik ta’sirida yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga nisbatan agressiv harakatlarni amalga oshirgan. Yo‘lovchini tinchlantirish harakatlari natija bermagan.

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Moskvadan Pxuketga tomon harakatlanayotgan Nordwind airlines aviakompaniyasiga qarashli Boeing-777 samolyoti kuni kecha agressiv yo‘lovchi tufayli shoshilinch Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkendan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Qozonda shoshilinch qo‘ndi

RIA Novostining bugun Nordwind aviakompaniyasiga tayanib xabar berishicha, Moskva - Pxuket reysidagi janjalkash Belarus fuqarosi ekanligi aniqlangan.

"2019 yil 17-oktabr kuni №2477 Moskva - Pxuket reysi bajarilayotgan vaqtda, yo‘lovchi Dzianis Mislenskiy (Belarus Respublikasi fuqarosi), spirtli ichimlik ta’sirida yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga nisbatan agressiv harakatlarni amalga oshirgan. Yo‘lovchini tinchlantirish harakatlari natija bermagan", - deb aytgan agentlikka suhbatdosh.

"Bortdagi yo‘lovchilar hayoti va sog‘ligiga real tahdidlar yuzaga kelishini inobatga olib, parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida, havo kemasi komandiri Toshkent aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirish qarorini qabul qildi. Toshkentda janjalkash yo‘lovchi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga topshirilgan", -deb qo‘shimcha qilgan u.

Matbuot-xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, avialayner shundan so‘ng belgilangan manzil sari parvozni davom ettirgan.

Yangiliklar lentasi
0