TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Yaponiyada Antarktidani o‘rganuvchilar, kelajakda Oy stansiyalarida tadqiqotchilar foydalanishi uchun ko‘chma uy taqdim etildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Kuchli shamol va sovuqqa chidamli uyni Tokio yaqinidagi Tatikavadagi Yaponiya davlat qutb tadqiqot instituti xodimlari namoyish etishdi.
Uy 3x6 metr o‘lchamdagi konteyner bloklardan iborat. Uy gusenitsali g‘ildiraklar yordamida harakatlanadi. Ikki blokdan iborat uy maydoni 33 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Devorlari yog‘och va Galvalume qoplamasidan yasalgan bo‘lib, ular -45,3 darajagacha haroratga va sekundiga 61,2 metr shamol tezligiga bardosh beradi.
Quyosh fotoelektr panellari energiya va issiqlik to‘planishiga imkon beradi va ichki haroratni maqbul darajada ushlab turadi.
Uy sinovi 2020-yil fevralda Antarktidadagi Yaponiya stansiyasida bo‘lib o‘tadi, u yerga Tokio portidan “Sirase” muzorari olib boriladi.