Antarktidadan ulkan muzlik ajraldi – foto

© Sputnik / V. Chistakov / Mediabankka o‘tishAysbergi Antarktidi.
Aysbergi Antarktidi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Antarktidadagi Eymeri muzligidan 315 milliard tonnalik aysberg ajraldi. Uning umumiy maydoni 1,6 ming kvadrat kilometr, qalinligi 210 metrni tashkil qiladi.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Antarktidadagi Eymeri muzligidan 315 milliard tonnalik aysberg ajraldi. RIA Novosti xabariga asosan.

D28 nomini olgan aysbergning umumiy maydoni 1,6 ming kvadrat kilometr, qalinligi 210 metrni tashkil qiladi.

​

Muzlik dengiz kemalarga xavf solishi mumkin, shu sababli uning harakati kuzatib boriladi.

Eymeri – kattaligi bo‘yicha uchinchi muzlik hisoblanadi – u materikning sharqidagi Lars Kristensen va Ingrid Kristensen sohillari orasida joylashgan. So‘nggi bor bunday katta aysberg 50-yil oldin undan ajralgandi.

Yangiliklar lentasi
0