TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Afg‘onistonda tinchlik bo‘lsa xorijiy harbiylar kerak bo‘lmaydi, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla Russia Today telekanaliga bergan intervyusida.
Xorijiy kuchlar mamlakatda bo‘lishiga Afg‘onistonda “Al-Qoida” va “Islomiy davlat” kabi terrorchi tashkilotlarning faoliyati sabab bo‘lmoqda. Agar ular bo‘lmaganda AQSh harbiylariga ehtiyoj qolmasdi, - deydi vazir.
Shuningdek, yaqinda Xitoy bo‘lib o‘tishi kutilayotgan yirk “afg‘onlararo uchrashuv”da “Tolibon” har qanday zo‘ravonlik aksiyalaridan voz kechishga so‘z bergan. Agar ushbu ish amalga oshsa bu tinchlik sari qo‘yilgan katta qadam bo‘lardi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston hukumati mamlakatda tinchlik o‘rnatishning “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqqan. Hukumat tomonidan taklif qilinayotgan loyiha 7ta punktdan iborat bo‘lib, ular orasida AQSh va NATO mamlakatdan qo‘shinlarni olib chiqish va Afg‘oniston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham bor.