TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Afg‘oniston hukumati AQSh va "Tolibon" radikal harakati o‘rtasida kelishilgan bitim loyihasi oqibatlaridan tashvishdaligini bildiradi, deb bayonot berdi Afg‘oniston prezidentining vakili Sedik Seddiki.
"Afg‘oniston hukumati tinchlik jarayonida barqaror tinchlikni ta’minlaydigan va urushga barham beradigan har qanday o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin Afg‘oniston hukumatining asosiy tashvishi AQSh va toliblar o‘rtasidagi bitim bilan bog‘liqdir", - deb yozgan Seddiki o‘zining Twitterida.
U, asosiy tashvishlar bitim bilan bog‘liq asosiy xatarlar qanday bartaraf etilishi haqidaligini ta’kidlab o‘tdi.
"Afg‘oniston hukumati tashvish tortmoqda va shu bois, ushbu hujjatning aniq izohlab berilishini talab qiladi, toki biz keraksiz xatarlarni tahlil qilib chiqib, xavfli oqibatlar paydo bo‘lishining oldini olmog‘imiz darkor", - deb qo‘shimcha qildi u.
Ilgariroq, AQSh va "Tolibon" o‘rtasida 11ta banddan iborat bitim loyihasi kelishilgani, kelishuv jarayoni nihoyasiga yetgach, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va "Tolibon" harakatining Doxadagi siyosiy ofisi rahbari Mulla Barodar tomonidan imzolanishi belgilangan.
AQSh va "Tolibon" radikal harakati Qatarda o‘nta muzokaralar jarayonini o‘tkazdilar. Tomonlar amerika qo‘shinlarining mamlakatdan chiqarilishi muddatlari xususida aniq kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda. Buning evaziga Afg‘oniston hududi AQSh va boshqa mamlakatlarga hujum maqsadida ishlatilmasligi kafolati zarur. Garchi AQSh yakuniy tartibga solish jarayonida afg‘on hukumati ham ishtirok etishi lozimligini talab qilgan bo‘lsa ham, Afg‘oniston hukumati ushbu muzokaralarda ishtirok etmayapti.