Fadeyev Nargiz bilan janjaldan so‘ng yurak xurujiga uchradi - OAV

© InstagramMaksim Fadeyev
Maksim Fadeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVda 51 yashar produserga asab charchog‘i tufayli ro‘y bergan infarkt oldi holati tashxisi qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalgan edi

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Kecha Internet tarmog‘ida Maksim Fadeyevning yurak xurujiga uchragani haqida xabarlar tarqaldi: 51 yashar produser o‘zini yomon his eta boshlagan, kompozitorning Podmoskovyedagi uyiga kelgan shifokorlar unga asab charchashi tufayli yuzaga kelgan infarkt oldi holati tashxisini qo‘yishgan.

Nargiz i Maksim Fadeyev - Sputnik O‘zbekiston
Maksim Fadeyev sukunatga chek qo‘ydi va Nargiz bilan bo‘lgan mojaroga izoh berdi

Sal vaqt o‘tib, produser direktori, ushbu ma’lumotlarni rad etdi.

"Hech qanday muammo yo‘q. Hammasi yaxshi. Ma’lumot noto‘g‘ri", - deyiladi xabarda.

Shunga qaramay, Fadeyevning shogirdi Olga Serabkina o‘z Instagram'ida artist bilan birga tushgan suratni joylagan va izoh o‘rnida: "O‘zni avaylash kerak. Hayotda eng qadrlisi - sog‘lik. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman", - degan so‘zlarni yozib qoldirgan.

Keyinchalik Fadeyevning shaxsan o‘zi Instagram orqali muxlislarga murojaat qildi. U teleboshlovchi Boris Korchevnikov bilan birga tushgan suratini e’lon qilib, "Hayotimda yaxshiliklar ham, yomonliklar ham bo‘lgan, men bu haqda "Inson taqdiri" ko‘rsatuvida gapirdim", deya yozgan.

Intervyu davomida produser murakkab kechgan bolaligi, kurashchi bo‘lish orzusi, yurakdagi muammolari va uni san’at yo‘lida hamda shaxsiy hayotda bir zumda "ulg‘aytirgan"klinik o‘lim haqida so‘zlab bergan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Maksim Fadeyev Nargizning oxirgi intervyusiga izoh bergan edi.

Produser, hech kim hech kimdan ketmaganligini, aksincha, uning o‘zi xonandani leybldan haydab yuborganiga oydinlik kiritgan.

Xonanda Nargiz Zokirova Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda Maksim Fadeyev bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, produser bilan hamkorlikda kechgan besh yilga "go‘yo qamoqda o‘tkazilgan yillar", deya baho bergan.

Nargizning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda hayoti pozitiv va ijodga limmo-lim.

Yangiliklar lentasi
0