Putin va Erdog‘an Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

© Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Soveta sotrudnichestva visshego urovnya mejdu RF i Tursiyey
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Soveta sotrudnichestva visshego urovnya mejdu RF i Tursiyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajap Tayip Erdog‘an Suriya masalasini muhokama qildi.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on NATOga Turkiya yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi

Suhbat davomida davlat yetakchilari Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi.

Putin va Erdog‘an Suriya va Turkiya harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlarni oldini olish zarurligini ta’kidladi.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, kurdlar tomonidan qo‘riqlanadigan terrorchilik tashkilotlari jangarilarining Suriyadagi yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Ikkala prezident Suriyada siyosiy yechim jarayonini davom ettirish va oktabr oyida Konstitutsiyaviy kengashni chaqirish lozimligi yuzasidan fikr bildirdi.

Suhbat oxirida Putin Erdog‘anni yaqin kunlarda Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi. Kreml turk tomoni taklifni qabul qilganligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0