TOShKENT, 26 okt - Sputnik. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish uchun qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun to‘lanayotgan pul kompensatsiyasi miqdori oshirildi hamda ushbu kompensatsiyani oluvchilar toifasi kengaytirildi, deb xabar bermoqda moliya vazirligi.
2019 yil 14-oktabridagi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan pul kompensatsiyasi yangi miqdori 22 300 so‘mdan 50 ming so‘mga oshirildi, deyiladi xabarda.
Kompensatsiya quyidagi shaxslarga beriladi:
* yoshga doir nafaqasini oluvchilar;
* nogironlik nafaqasini oluvchilar;
* boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchilar (har bir boqimandaga);
* boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar (har bir boqimandaga);
* nogironligi bo‘lgan 16 yoshgacha (18 yoshgacha OIVni yuqtirgan shaxslarga) nafaqa oluvchilar;
* I va II guruh 16 yoshdan katta bolalikdan nogironlik nafaqasini oluvchilar;
* eng kam yoshga doir pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchilar (436 150 so‘m va undan kam)
* ikki yoshgacha bola parvarishi va 14 yoshgacha bolalari bo‘lganlar uchun nafaqa oluvchilar hamda moddiy yordam oluvchilar.