O‘zbekistonlik fermerlar non narxini belgilashdan voz kechilishini so‘rab murojaat qildilar

© Sputnik / Artem Kreminskiy / Mediabankka o‘tishUborka zernovix.
Uborka zernovix. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fermerlar ishlab chiqargan don mahsulotlariga narxni bozor mexanizmlari asosida shakllantirolmayotgani ularning ertangi kunga to‘liq ishonch bilan qarashiga imkon bermayapti.

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari sohada boshidan kechirayotgan holatlari yuzasidan O‘zbekiston hukumati va Oliy majlisiga murojaatnoma yo‘lladi.

G‘alla yetishtirilishi va uni qayta ishlash davlat tomonidan qat’iy boshqarilishi, fermer yetishtirgan g‘alla hukumat tomonidan bozor narxlariga nisbatan past narxlarda xarid qilinishi xo‘jaliklarda ushbu sohaga qiziqishini pasayishiga sababchi bo‘lmoqda.

Respublikada so‘nggi uch yilda tarmoqda amalga oshirilgan qator ijobiy islohotlar ham qayd etilmay qolinmadi.

Uborka pshenisi - Sputnik O‘zbekiston
Bu yil g‘alla uchun 1,6 baravar ko‘p haq to‘lanadi – prezident

Bir tonna g‘allaning xarid narxi 1 mln. 200 ming so‘m miqdorida belgilanishi va hosildorlikdan kelib chiqib 25 % gacha ustama haq to‘lanishi natijasida g‘allaning o‘rtacha narxi 1 mln. 420 ming so‘mni tashkil etdi.

Natijada, fermer xo‘jaliklari jonlanib, hosildorlikni oshirdilar. “Fermerlar tarixda birinchi marotaba o‘z mehnati samarasini ko‘rdilar”, deb yoziladi ochiq xatda.

Shunday bo‘lsa-da, g‘allani sotib olish narxi bozornikiga yaqinlashtirilishi bilan qator don korxonalari fermer xo‘jaliklaridan olgan g‘allasi uchun hisob-kitobni bitira olmayotganlik hollari uchrab turmoqda. Sababi oddiy - don korxonalari ham, o‘z navbatida, zarar ko‘rmoqda: qayta ishlashdan tayyorlangan unning 1 kilosini 1400 so‘m, ya’ni hukumat tomonidan belgilab qo‘yilgan qat’iy narxda sotishga majbur bo‘lib qolyapti.

Bunday chigallikning boisi - mahsulot yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi o‘rtasida yagona tizimli zanjir yo‘qligidadir, deydi xat mualliflari.

Qolaversa, joylardagi korxonalar amalda e’lon qilinganga zid siyosatni olib bormoqda. Qo‘yilgan maqsad - aholining manzilli ijtimoiy himoyasi ta’minlanmadi. Arzon unning katta qismi bozor narxlarida sotildi.

O‘zbekistonda o‘tgan yilda narxi eng ko‘p oshgan mahsulot - non bo‘ldi

Murojaatnoma mualliflari dehqonlarning g‘alla yetishtirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, mehnatiga yarasha daromad olishi hamda yetishtiriladigan g‘alla hajmlarini ko‘paytirish uchun o‘z takliflarini kiritmoqdalar. 

Bular qatorida imtiyozli kreditlarni qishloq xo‘jaligi korxonalariga ajratishni osonlashtirish, “fermer-don korxonasi-iste’molchi” uchligi o‘rtasida bozor munosabatlarini tashkil toptirish, narxlar erkinlashtirilishi zamirida davlat tomonidan aholining kam ta’minlangan qatlamiga un va nonning maqsadli yetib borishini ta’minlab berish, g‘allani sotib olish narxini belgilashdan voz kechish, bozorlarda erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratish kabilar sanab o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0