Mirziyoyev "ProgressGorTex"ni "O‘zbekko‘mir"ni rivojlantirish rejasidan o‘chirdi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishDobicha uglya na Apsatskom ugolnom mestorojdenii v Zabaykalskom krae
Dobicha uglya na Apsatskom ugolnom mestorojdenii v Zabaykalskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya nomi qarordan olib tashlangan. Endi hujjatda "ishonchli boshqaruvchi" degan nom kiritilgan. Tasdiqlangan "yo‘l xaritasi" ham o‘z kuchini yo‘qotgan.

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. "O‘zbekko‘mir" kompaniyasini rivojlantirish rejalari o‘zgardi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi saytida e’lon qilingan prezident qarorida aytib o‘tilgan.

Dobicha uglya - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekko‘mir" 2022-yilga qadar sohaga $585,3 mln sarmoya kiritadi

Rossiya kompaniyasi hisoblanmish "ProgressGorTex" MChJ "O‘zbekko‘mir"ni rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ga qo‘shilgan edi.

"ProgressGorTex" MChJ "O‘zbekko‘mir" AJ ustav kapitalidagi 45 % aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan edi.

O‘zbekiston rahbarining 24-oktabrdagi qarori bilan 2019-yil 7-martdagi "O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarorining ishonchli boshqaruv bilan bog‘liq barcha qoidalari o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topildi.

Kompaniya nomi qarordan olib tashlangan. Endi hujjatda "ishonchli boshqaruvchi" degan nom kiritilgan. Tasdiqlangan "yo‘l xaritasi" ham o‘z kuchini yo‘qotgan.

Yangiliklar lentasi
0