Toshkentda "Yaqinlardan xabar ol" harakati ommalashmoqda

© XokimiyatV Tashkente stalo populyarnim dvijenie "Pozvoni svoim"
V Tashkente stalo populyarnim dvijenie Pozvoni svoim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chet elda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarning “holidan xabar olish”ning yangicha usuli ishlab chiqildi. Loyiha hozircha Toshkent bo‘ylab qo‘llanilmoqda.

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Toshkentda “Yaqinlardan xabar ol” harakati tobora kengaymoqda, xabar qiladi Toshkent hokimligi.

Dastur mohiyatiga ko‘ra, mahalla qo‘mita raislari “yaqinlari” bo‘lmish o‘qish yoki ishga ketgan mahalla fuqarolariga qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvolidan xabar oladi.

“Barchamizga ma’lumki, xorijga ish yoki o‘qish uchun jo‘nab ketgan insonlar o‘z oilasi, qo‘shnilari, ularning ovozi, qolaversa, o‘zbek milliy taomlari va albatta, Vatan havosini, uning iforini, mehrini sog‘inishadi. Shuning uchun bu kabi norasmiy qo‘ng‘iroqlar ular uchun qadrlidir”, - deyiladi xabarda.

Rabochie na stroyashemsya obyekte - Sputnik O‘zbekiston
Kim qayerda?: O‘zbekistonda Migrantlarning yagona bazasi ishga tushirildi
Toshkentning 11 ta mahallasida suhbatlashish maskanlarini tashkil etish loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Qolaversa, hamma oilada ham kompyuter va internetga kirish imkoniyati mavjud emas. Barcha fuqarolar ham birdek yangi kompyuter texnikasidan foydalana olmaydi. Ayniqsa, qariyalar uchun ushbu vazifa qiyinchilik tug‘diradi.

Shu bois, ular uchun mahalla fuqarolar yig‘inida yaqinlar bilan suhbatlashishlari uchun maxsus joy ajratiladi.

Loyiha yaqin kunlarda boshlangan, lekin tashabbus mahalla aholisi hamda hozircha uyidan yiroq bo‘lgan fuqarolar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotganligi tarqatilgan xabarda alohida ta’kidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0