TOSHKENT, 1 okt - Sputnik. Xorijda mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bugundan - 1 oktyabrdan – ishga tushdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Yangi tizim chet elda ishlab turib, murakkab vaziyatga tushib qolgan respublika fuqarolariga yordam berishi kutilmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbar oʻrinbosari Baxtiyor Tursunov soʻzlariga qaraganda, bu tizim mehnat migratsiyasidagi tadqiqotlarni yanada sifatli oʻtkazilishiga imkon yaratadi.
Respublikada ilgari mehnat migrantlari statistikasi boʻyicha avtomatik tahlil oʻtkazilmas edi. Ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni alohida muassasa va xizmatlar yigʻib borardi. Qayd etish kerakki, mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi ushbu maʼlumotlardan faqat xizmat doirasida foydalanish uchun qoʻllanish mumkin edi.
Endilikda, mazkur yangi tizimda roʻyxatga olingan, xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan mehnat migrantlari distantsion shaklda (internet orqali-tahr.) agentlikka - Labor-migration dasturi orqali yordam uchun murojaat qilishlari mumkin boʻladi”, - deydi Tursunov.
Maʼlum qilinishicha, xorijda ishlashga istak bildirgan fuqarolarga onlayn-rejimda - tanlangan mamlakat qonun-qoidalari, mehnat, ijtimoiy va maishiy shart-sharoitlar, uy-joy bilan taʼminlashga doir hamda xorijiy ish beruvchi bilan mehnat shartnomalarini tuzish, ushbu davlat qonunchiligida nazarda tutilgan moliyaviy koʻmak choralari borasida maʼlumotlar berib boriladi.
"Davlat ushbu bazadan foydalanish hisobiga qoʻshimcha soliqlarni qoʻlga kiritadi, zero, migrantlar endilikda “rasmiy” ishchi kuchi toifasiga kiritiladi”, - deya mulohaza qiladi, Central Asia Investments tahlilchisi Ilxat Tushev.
Migrantlarning yagona bazasi Oʻzbekiston prezidentining avgustda imzolagan xorijda vaqtincha mehnat qilayotgan mamlakat fuqarolarining himoyasi bilan bogʻliq kafolatlarni oshirishga yoʻnaltirilgan farmoniga muvofiq yaratildi.
Ushbu farmonda “Mehnatning yagona milliy tizimi” axborot tizimida saqlanayotgan tashqi mehnat migratsiyasiga doir maʼlumotlarni saqlovchi Labor-migration dasturining ishga tushirilishi belgilangandi.