Valyuta tushumi muddatlarini kechiktirgan eksportorlarga jarima bo‘yicha imtiyozlar belgilandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov.
Kupuri amerikanskix dollarov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, chet ellardan xorijiy valyutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini kechiktirishga yo‘l qo‘ygan eksportorlarga jarimalar to‘lashda ayrim imtiyozlar belgilandi.

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, chet ellardan xorijiy valyutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini kechiktirishga yo‘l qo‘ygan eksportorlar, shuningdek, tovarlarning respublikaga olib kirilishini va ularning “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilishini, ishlar va xizmatlar ko‘rsatishni belgilangan muddatlarda ta’minlamagan importorlar tomonidan jarimalar to‘lashda ayrim imtiyozlar belgilandi.

Moneta nominalom odin rubl na banknote odin dollar SShA - Sputnik O‘zbekiston
Chet eldan O‘zbekistonga yuborilgan valyuta hajmi 18%ga oshdi – Markaziy bank

Jumladan, valyuta mablag‘larining kelib tushishi yoki respublikaga tovarlarni olib kirish hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish:

- agar jarimani qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish paytiga kelib ta’minlangan bo‘lsa – jarima qo‘llanilmaydi;

- agar sudning jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini ijro etish paytiga kelib ta’minlangan bo‘lsa – qo‘llanilgan jarima to‘lanmaydi;

- agar jarima qo‘llanilgandan keyin 90 kunlik muddat ichida ta’minlangan bo‘lsa – to‘langan jarima Davlat budjetidan qaytarib berilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0