TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Ushbu yilning 9 oyida Oʻzbekistonda xalqaro pul oʻtkazmalari umumiy hajmi - 5,2 milliard dollarga yetdi. Shundan 4,5 mlrd. $ - jismoniy shaxslardan Oʻzbekistonga kelib tushgan pullar va 0,8 mlrd $ – xorijga yuborilgan pullar, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.
“Xalqaro pul oʻtkazmalari orqali respublikamizga kirib kelgan valyuta mablagʻlar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18% ga oshdi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil yanvar-sentyabr oyida Oʻzbekistonda yuborilgan valyuta miqdori 3,8 mrld. Dollarni tashkil qilgan edi.

Shuningdek, Markaziy bank Oʻzbekiston ichki valyuta bozori 2019 yilning 9 oyida 1,3 baravar oʻsganini xabar qildi.
“2019 yilning 9 oyi davomida ichki valyuta bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami aylanma hajmi 24,3 mrld. AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davridagi koʻrsatkichga (18,3 mrld. doll.) nisbatan 1,3 barobarga oshdi”, - deyilgan xabarda.
Bank xabarida aytilishiga koʻra, ichki bozorda valyutaga boʻlgan talab (7,7 mld) taklifdan (4,8 mlrd) koʻra koʻproq boʻlgani tufayli Markaziy bank tomonidan qoʻshimcha valyuta interventsiyalari boʻlib turgan.
