TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Rossiyada yaqin yillarda boshqaruv sohasida ommaviy kasb va mutaxassislarga talab yuqori bo‘ladi. Bu haqda RT Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga asoslanib xabar qilmoqda.
Ularga buxgalter, pedagog, elektrpayvandchi, oshpaz, qandolatchi, tokar, nasos stansiyalari haydovchilari, lift bo‘yicha elektromexanik, ofitsiat, barmen kasblari kiritilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mamlakatda yetishmasligi kuzatilayotgan muhandis-kimogar, taqsimlovchi qurilmalari uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha elektrochilangar, biotexnologik ishlab chiqarish sifati nazorati bo‘yicha menejer kabi kasblarga ham talab yuqori bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 2019-yilda sotuvchi, oshpaz, kasb ta’lim o‘qituvchisi va huquqshunos kasblariga talab yuqori bo‘lgani xabar qilingan edi.