TOSHKENT, 15 okt – Sputnik. Rossiyada qorovul eng zerikarli kasb deb topildi. Ish bilan taʼminlashga ixtisoslashgan Superjob xizmati tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda 30 foiz kishi bunday fikr bildirishdi.
Reytingning ikkinchi oʻrnida hisobchi, bu kasb 10 foiz ovoz toʻplagan.
Soʻrovda qatnashganlarining sakkiz foizi har qanday kasb, agar kasb qiziqarli boʻlmasa va yoqmasa, zerikarli boʻlib ketishi mumkin, deb javob berdi.
Yana besh foiz respondentlar sotuvchining ishi zerikarli deb hisoblashdi. Qoʻriqchilar va farroshlar ham reytingga kiritildi va toʻrt foiz ovoz berildi.
Kutubxonachi, haydovchi, yuk ortuvchi, deputat, konsyerj, menedjer, dasturchi, call-markaz operatori va arxivarius ham eng zerikarli kasblar reytingga kiritildi.