Afg‘on-tojik chegarasida 8 mingga yaqin jangari to‘plandi - ekspert

© AFP 2023 / AMER ALMOHIBANY / AFPSiluet voorujonnogo boyevika
Siluet voorujonnogo boyevika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH davlatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlar kengashi muvofiqlashtirish xizmati raisining so‘zlariga ko‘ra, jangarilarning aksariyati “Kavkaz hududlari, Afrika qit’asidan kelgan – turli millat vakillari”.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Tojikiston va Afg‘oniston chegarasi yaqinida sakkiz mingga yaqin toliblar* va “Islom davlati”** tashkilotlariga a’zo bo‘lgan jangarilar joylashgan. Bu haqda MDH davlatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlar kengashi muvofiqlashtirish xizmati raisi Aleksandr Manilov ma’lum qildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Voyennoslujashie afganskix sil bezopasnosti  - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” razvedka boshlig‘i ushlandi

“Chegara idoralari rahbarlari baholashicha, eng qiyin vaziyat hozir tojik-afg‘on chegarasida yuzaga kelgan. Yaqinda u erga ko‘p sonli jangarilar – toliblar va "Islom davlati" vakillari kelishdi. Bugungi kunda, bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, u yerda sakkiz mingga yaqin jangari to‘plangan, ular jangovar joylardan - Suriya, Iroq va boshqa hududlardan kelganlar”, - dedi Manilov.

Ta’kidlanishicha, jangarilarning aksariyati “Kavkaz, afrika mintaqasi kelgan – turli millat vakillari”ni tashkil qiladi.

Shu munosabat bilan xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaror qilindi. Xususan, Manilov ta’kidlashicha, chegara idoralariga chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan dastur taqdim etilgan. Bundan tashqari, keyingi yilda yana bir navbatdan tashqari qo‘mondonlik mashqlari rejalashtirilgan. Mashqlar Rossiya hududida o‘tkaziladi.

Ilgariroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov zamonaviy tahdidlarga javob berishni izlashni qiyinlashtiradigan "ba’zi davlatlar tomonidan qo‘llaniladigan ikki tomonlama standartlar" tufayli Afg‘oniston shimoli IShID yetakchilari boshchiligida terrorchilar uchun tayanch nuqtasi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

* Toliblar – “Tolibon” radikal harakatining a’zolari. Rossiya va qator boshqa davlatlarda terrorchilik tashkilot deb topilgan, uning faoliyati taqiqlangan.

** “Islom davlati” (IShID, ID) – Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0