Metro bekatlari ishga tushirilishi bilan kuniga 5 tonnadan ziyod yoqilg‘i iqtisod qilinadi

Obuna bo‘lish
Obyektning umumiy qiymati 103,8 million dollar bo‘lib, qurilish boshlanganidan buyon 67,5 million dollarlik ishlar bajirilgan. “Shahriston” bekatidan qariyb 3 kilometr yo‘l tortilib, ikkita yangi stansiya qurilgan.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro - Sputnik O‘zbekiston
Yunusobod metro liniyasida dastlabki burg‘ulash ishlari yakunlandi

Shahar aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtda  yangi transport bog‘lamalari, metroning yer osti va yer usti yo‘nalishlari barpo etilmoqda. Xususan, metropolitenning Yunusobod yo‘nalishi ikkinchi bosqichi barpo etilmoqda. 

Obyektning umumiy qiymati 103,8 million dollar bo‘lib, qurilish boshlanganidan buyon 67,5 million dollarlik ishlar bajirilgan. “Shahriston” bekatidan qariyb 3 kilometr yo‘l tortilib, ikkita yangi stansiya qurilgan.

Tunnelning o‘ng qismi to‘liq burg‘ilanib, temir-beton bilan mustahkamlangan. Chap tunnelni burg‘ilash, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini ko‘chirish ham tez kunlarda yakunlanadi. “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlarida qurilish-montaj ishlari jadal olib borilmoqda.

Prezident bo‘lajak “Turkiston” bekatini ko‘zdan kechirib, qurilish sifati va yo‘lovchilar uchun qulayligiga alohida e’tibor qaratdi. 

“Bu yo‘l va bekatlar xalqimizga xizmat qiladi. Shuning uchun eng muhimi – sifat”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Qurilishga Germaniya texnologiyasi va mutaxassislari jalb etilgan. Sifat va xavfsizlik ham Germaniya standartlariga muvofiq bo‘ladi.

Davlat rahbari bu yerga o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida metropoliten va avtobus qatnovlarini optimallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

“Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur bosqichning ishga tushirilishi natijasida Yunusobod tumanida qatnaydigan avtobuslar soni va masofasi ancha qisqarib, kuniga 5,5 tonna yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Yo‘lovchilarning manziliga yetib olishi 20 daqiqaga tezlashadi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Umuman olganda, bugungi kunda Toshkent metropolitenidan kuniga 240 ming yo‘lovchi foydalanadi. Jami 21 kilometrdan iborat uchta yangi - Yunusobod, Sergeli va Qo‘yliq yo‘nalishlari qurilishi natijasida yana 150 mingdan ziyod kishi qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Novie vagoni metrov Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi metro poyezdlari taqdim etildi

Bu aholiga katta qulaylik yaratish bilan birga ko‘chalardagi tirbandlikni bartaraf etishda muhim omil bo‘ladi.

“Biz bu ishlarni aholi talabini inobatga olib va kelajakni o‘ylab qilyapmiz. Agar bugun qilmasak, shaharda tirbandlik yana ortadi. Jamoat transporti har tomonlama qulay va arzon, avtomashinada yurishdan ko‘ra afzal bo‘lishi kerak. Bu yo‘lovchilar xavfsizligi, shahar ekologiyasi uchun ham juda muhim”, - dedi prezident.

Shu yerda “Buyuk ipak yo‘li” metro bekatidan “Toshkent traktor zavodi” avtoshohbekatigacha bo‘lgan yangi yo‘nalish, Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0