Toshkentda yangi metro poyezdlari taqdim etildi

Obuna bo‘lish
Toshkentda Rossiyadan olib kelingan yangi metro vagonlari taqdim etildi. Kelajakda jami 200ta vagonda iborat 45ta ana shunday sostav sotib olish rejalashtirilgan

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekiston temir yo‘llari Toshkentda qurilayotgan yer usti metropoliteni uchun sotib olingan zamonaviy poyezdlarni taqdim etdi.

© UTYV Tashkente prezentovali novie vagoni metro
Toshkentda yangi metro poyezdlari taqdim etildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente prezentovali novie vagoni metro

Toshkent temir yo‘l vokzalida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Rossiyaning “Transmashxolding” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 81-765.5/766.5/767.5 modelidagi 5 ta poyezd taqdim etildi.

“Ma’lumki yil oxiriga qadar Toshkent metrosining Yunusobod va Sergeli yo‘llari foydalanishga topshiriladi. Shuningdek halqa yo‘lining birinchi bosqichi ham. Yangi yo‘nalishlarda foydalanish uchun O‘TY Rossiyaning “Metrovagonmash” zavodidan har biri 4 vagondan iborat 5ta sostav sotib oldi. Kelajakda jami 200ta vagonda iborat 45ta ana shunday sostav sotib olish rejalashtirilgan”, - dedi Toshkent metropoliteni boshlig‘i Oybek Xudoyqulov.

Xabrda aytilishiga ko‘ra, ushbu poyezdlar yangi texnik yechimlar asosida qurilgan bo‘lib ular elektr energiyasini 35 %gacha  tejaydi. Uchinchi avlod sinxron tortuvchi dvigatellar ekspluatatsiya xarajatlarini 40 %gacha qisqartiradi. Shuningdek yangi poyezdalar yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarga ega:

  • vagonlar orasidagi germetik «garmoshka” ko‘rinishidagi o‘tish joylari yo‘lovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha o‘tish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sig‘imini oshiradi;          
  • yo‘lovchilar saloniga to‘rt tomondan avtomatik va ikki qavatli eshiklar o‘rnatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani yo‘lovchilarning tasodifan qisilib qolishining oldini oladi;
  • salondagi konditsioner isitish va shamollatishni ta’minlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo‘llanilgan;
  • har bir vagon telekanallar translyatsiyasi imkoni bilan birga yo‘lovchilarga zamonaviy ma’lumot uzatish tizimi bilan ta’minlangan;
  • sostav vagonlari videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar bor, yong‘inni avtomatik payqash va o‘chirish tizimi ham mavjud;
  • mashinist kabinasida yo‘llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini nazorat qiluvchi videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.

Shuningdek, yangi vagonlar issiq va sovuq hamda shovqindan himoya qilish uchun 2 qavatli oynalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Vagon chiroqlari yo‘lovchilar kayfiyatiga mos ravishda yonadigan bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0