Firibgarlik va pora olish: Bosh prokuratura Yusupovning videomurojaati yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura tomonidan internet ijtimoiy tarmoqlarida fuqaro Sh.Yusupov va uning tarafdorlari tomonidan e’lon qilingan videomurojaatlar o‘rganildi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik.  Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xususiy tadbirkor Sh.Yusupovning prezidentga yo‘llagan videomurojaati yuzasidan bosh prokuratura bayonot berdi.

Nachalnik otdela BPI Mirabadskogo rayona Tashkenta Igor Li - Sputnik O‘zbekiston
MIB bo‘lim boshlig‘i: xodimlarimizga tajovuz qilganlar qat’iy jazoga tortiladi

Bosh prokuratura tomonidan internet ijtimoiy tarmoqlarida fuqaro Sh.Yusupov va uning tarafdorlari tomonidan e’lon qilingan videomurojaatlar o‘rganildi.

Unga ko‘ra, Sh.Yusupov onlayn-auksion orqali 326,0 mln. so‘mga mulk sotib olganligi, lekin huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu mulkni undan olib qo‘yish maqsadida asossiz ravishda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, uni qamoqqa olmoqchi ekanligi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i va’da bergan bo‘lsada, jinoyat ishi bo‘yicha tergov Andijon viloyat prokuraturasidan Namangan viloyat prokuraturasiga o‘tkazilmaganligini bildirgan.

Aniqlanishicha, Sh.Yusupov rahbarligidagi “Yu.” MChJ auksionda ishtirok etib, Oltinko‘l tumanidagi ferma bino-inshootlarini 326,0 mln. so‘mga sotib olgan.

Mazkur ferma bino-inshootlari Sh.Yusupovga tilxat asosida topshirilib, auksionga qo‘yilmagan bino-inshootlar, mol-mulklar va chorva mollari tegishli tartibda olib chiqib ketilishi tushuntirilgan.

Sh.Yusupovning murojaatiga asosan Majburiy ijro burosi (MIB) Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, MIB xodimlari tomonidan hujjatlarga auksionda sotilgan mulk haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganligi holati yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 205-moddasi 1-qismi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Alimentchi otalardan "zapret"ni olib tashlashning ikki yo‘li mavjud - Begzod Rahmatov

Tergov harakatlari davomida ferma bino-inshootlari Sh.Yusupov tomonidan sotib olingan bo‘lsada, MIB xodimlari tomonidan ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, auksion savdolariga qo‘yilmagan va g‘oliblik bayonnomasiga kiritilmagan 300,0 mln. so‘mlik qurilish mahsulotlarini sotib yuborib, juda ko‘p miqdordagi mulklarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilgan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 22-oktabr kuni Sh.Yusupov O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi  va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Bundan tashqari, gumonlanuvchi Sh.Yusupov muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun 15.01.2014 yilda JIB Namangan viloyat sudining hukmiga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi, 210-moddasi 3-qismi “b” bandi va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, 11-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Qayd etilgan jinoyat ishining tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, tergovni hududiyligiga ko‘ra Namangan viloyat prokuraturasiga o‘tkazilishiga zaruriyat aniqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0