Alimentchi otalardan "zapret"ni olib tashlashning ikki yo‘li mavjud - Begzod Rahmatov

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro chetga chiqqandan keyin ikki oydan ortiq muddat aliment pulini to‘lamasa, undiruv u tomonidan qo‘yilgan garov mulkiga qaratiladi

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Aliment ijro hujjatlari tartibi bo‘yicha qarzdor tomonidan aliment o‘z vaqtida to‘lanmagan davrda uning chetga chiqish huquqlari cheklanadi. Huquq cheklangach, qarzdor tomonidan aliment to‘lab yurilishi ushbu cheklovni bekor qilishga asos bo‘lmaydi, dedi Majburiy ijro burosi faoliyatining 9 oylik yakunlari va istiqboldagi rejalar mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanid Boshqarma bo‘lim katta inspektori Bekzod Rahmatov.

Mujchina dushit devushku. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda erkak aliment sabab sobiq xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

MIB vakilining so‘zlariga ko‘ra, qo‘yilgan cheklovni bekor qilishning ikkita yo‘li mavjud: alimentni oldindan to‘lash yoki garov qo‘yish yo‘li bilan cheklovni bekor qilish.

Oldindan to‘lash tartibida qarzdor davlat ijrochisiga ariza bilan murojaat qiladi. MIB vakili uning ish haqi (ishlamaydigan bo‘lsa) bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda aliment to‘lovlarini farzandlar voyaga yetgunga qadar, lekin 5-yildan kam bo‘lmagan muddatga oldindan hisoblab beradi.

Agar farzandlar voyaga yetishiga 5-yildan kam muddat qolgan bo‘lsa, hisob o‘sha qolgan muddatga binoan amalga oshiriladi. Qarzdor hisoblash qarorini olgach, tegishli hujjatni bergan sudga ijro etish usuli va tartibni o‘zgartirish bo‘yicha murojaat qiladi. Sud murojaatni ko‘rib chiqib, oldindan chiqarish qarorini tasdiqlab bergach qarzdorning chiqish huquqiga bo‘lgan ta’qiq bekor qilinadi.

Garov shartnomasi esa - qarzdor va undiruvchi o‘rtasida kelishgan holda tuziladi. Garov mulki sifatida eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan kam bo‘lmagan mulk qo‘yiladi. Bu holda ham qarzdor yuqoridagi tartibda sudga murojaat qilishi lozim.

"Fuqaro chetga chiqqandan keyin ikki oydan ortiq muddat aliment pulini to‘lamasa, undiruv o‘sha garov mulkiga qaratiladi", deya aniqlik kiritdi Rahmatov.

Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston
Aliment to‘lashdan bosh tovlagan erkak aeroportda qo‘lga olindi

Joriy yilning 9 oyi davomida Buroning Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy tuman bo‘limlariga aliment undiruvi bilan bog‘liq bo‘lgan 27 215 ta ijro hujjatlari kelib tushgan. 

Shu asosda, 324ta qarzdor ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 20 nafar alimentchi otalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash)ga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Aliment pullarini to‘lamasdan yashirinib yurgan 168 nafar qarzdorlar qidirib topilgan va ulardan aliment puli undirilgan. 65 nafar qarzdorga nisbatan qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Shuningdek, aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdor shaxslar bilan o‘tkazilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida 229ta oila yarashtirilishiga erishilgan.

Yangiliklar lentasi
0