TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Qashqadaryoda aliment pullari nizosi bir ayolning bo‘g‘ib o‘ldirilishi bilan yakunlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, 8-sentabr kuni soat 01:00larda fuqaro T.E (1979 y.t.) Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani “Istiqbol” mahallasida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i T.P (1981 y.t.) bilan aliment pullari nizosi bo‘yicha o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqtida erkak sobiq turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan T.E ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.