TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Lonely Planet navbatdagi Best in Travel sayyohat qilish uchun eng yaxshi joylar reytingini e’lon qildi.
Reyting 4 ta (10 ta davlat, hudud, shahar va eng foydali taklif) toifaga bo‘lingan.
Hududlar toifasi bo‘yicha birinchi o‘rinni O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston hududidan o‘tgan - Buyuk ipak yo‘liga berildi.
Nashr yozishicha, bu hududlar sayyohlar orasida tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda va Ipak yo‘li orqali elektron viza yoki umuman vizasiz o‘tish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi. Hujjat bilan 2020-yil 1-yanvardan boshlab 20 ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.
Vizasiz rejim joriy qilingan davlatlar: Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Lyusiya, Bagam Orollari Hamdo‘stligi, Dominika Hamdo‘stligi, Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi, Yamayka.