Bloger va veb-sayt egalariga qo‘shimcha majburiyat yuklatiladi

© Sputnik / Murad OrujovRabota jurnalista
Rabota jurnalista - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan blogerga veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotni o‘chirishni talab etuvchi xabarnomani yuborish tartibi to‘g‘risida nizom tayyorlandi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. "Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli Qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Shavkat Mirziyoyev s blogerami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda blogerlar reytingi e’lon qilindi

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
12-1-moddasiga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida, qonunda belgilangan tartibda Internet tarmog‘i monitoringini olib boruvchi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kanallari orqali veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan blogerga veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid hamda qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi axborotni o‘chirishni talab etuvchi xabarnoma yuboradi”, - deyilgan qarorda.

Hujjatga veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan blogerga veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotni o‘chirishni talab etuvchi xabarnomani yuborish tartibi to‘g‘risida nizom ilova qilingan.

"Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger, qonun hujjatlariga va nizomga muvofiq quyidagilarga majburdirlar:

barchaga qulay bo‘lgan axborotni o‘zining veb-saytida, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasida joylashtirishdan oldin ishonchliligini tekshirish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotni joylashtirish uchun o‘z veb-saytidan, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, o‘z veb-sayti, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan axborotning ishonchsizligi o‘rnatilgan holda, o‘z ixtiyori bilan yoxud vakolatli organ tomonidan tegishli xabar olingan taqdirda darhol o‘sha axborotni o‘chirib tashlash", - deyilgan hujjatda.

Vakolatli organ doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida kirish imkoni mavjud bo‘lgan veb-saytlar, messenjerlar, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifalarida joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotlarni aniqlash maqsadida Internet tarmog‘i monitoringini amalga oshiradi.

Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Komil Allamjonov OAV va blogerlarni ogohlantirdi

“O‘zbekiston Respublikasi hududida kirish imkoni mavjud bo‘lgan veb-saytlar, messenjerlar, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifalarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotlar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kanallari orqali veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifalari egasi, shu jumladan bloger O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan axborotni o‘chirib tashlashni talab qilgan holda bu to‘g‘rida darhol xabardor qilinadi”, - deyilgan hujjatda.

Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifalari egasi, shu jumladan bloger xabarnoma olingan paytdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan axborotni zudlik bilan o‘chirib tashlashi, shuningdek bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini xabardor qilishga majbur.

Agar ko‘rsatilgan muddatda veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger tomonidan o‘chirilmasa, u holda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger bilan nizolarni hal qilish uchun sudga da’vo kiritishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0